» » Shotlandiyaning bosh shifokori karantinni buzgani uchun iste’foga chiqdi

Shotlandiyaning bosh shifokori karantinni buzgani uchun iste’foga chiqdi


Shotlandiyaning bosh shifokori Ketrin Keldervud 5-aprel kuni iste’foga chiqdi. Bunga u koronavirus sababli “o‘zini yakkalash” rejimini ikki marta buzgani va dam olish uchun uyiga borgani ortidan yuzaga kelgan vaziyat sabab bo‘lgan. Bu haqda Shotlandiya hukumati yakshanba kuni ma’lum qildi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.

Shotlandiyaning bosh shifokori sifatida Keldervud fuqarolarga uyda qolishni tavsiya qilgan, biroq uning o‘zi dam olish kunlari dam olish uchun o‘z uyiga borgan. Bosh shifokorning uyga borayotgani The Scottish Sun nashrining fotomuxbiri tomonidan suratga olingan. Shuningdek, mansabdor karantin qoidasini ikki marta buzgani ma’lum bo‘lgan. Bu esa uning harakatlari ustidan muhokamalarni keltirib chiqargan.

Bosh shifokor qoidalarni buzgani va o‘z harakatlari uchun omma oldida uzr so‘ragan, shuningdek, Shotlandiya hukumatining matbuot anjumanidan chetlashtirilgan. Shotlandiya hukumati rahbari Nikola Sterjen bosh shifokorni himoya qilishga uringan, biroq yakunda uning iste’fosi haqida qaror qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II koronavirus sabab Buyuk Britaniya va Hamdo‘stlik davlatlari aholisiga telemurojaat yo‘lladi. Koronavirus yuqtirib olgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson esa kasalxonaga yotqizildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 37) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют