» » O‘zbekistonda qariyb 30 ming kishi karantin qoidalarini buzgani aniqlandi

O‘zbekistonda qariyb 30 ming kishi karantin qoidalarini buzgani aniqlandi


O‘zbekistonda 6-aprelga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 29 953 ta holat aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, eng ko‘p — 4 929 ta — qoidabuzarlik Toshkent shahrida qayd etilgan. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni 3 450 tani tashkil etmoqda. Respublika bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar esa quyidagicha:

“Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov mashinasida, velosipedida, piyoda aylanib kelishga chiqayotganlarga qarata: “Hammamiz sabr qilishimiz kerak. Qachonki intizom bo‘lsa, barcha tartib-qoidaga bo‘ysunib, ikki hafta uyimizda o‘tirsak, hammasi o‘tib ketadi. Shunda birinchi navbatda oila a’zolarimizni saqlab qolgan bo‘lamiz”, — deb aytgandi.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 390 nafarga yetdi. Farg‘ona koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Toshkentdan so‘ng birinchi hududga aylandi.

Mamlakatda kasallikdan ikki kishi vafot etdi, 30 nafar bemor sog‘aydi. Ayni vaqtda 7 nafar bemorning ahvoli og‘ir ekanligi, ulardan 2 nafari sun’iy nafas olish apparatiga ulangani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют