» » AQShda o‘tinda harakatlanadigan avtomobil sotuvga qo‘yildi

AQShda o‘tinda harakatlanadigan avtomobil sotuvga qo‘yildi


AQShning Pensilvaniya shtatida o‘tinda yurishga mo‘ljallangan Dodge Dakota avtomobili sotuvga qo‘yildi. Gazogeneratorli qurilma an’anaviy benzin divigatelini to‘ldirib turadi, shu sababli mashina oddiy yo‘qilg‘ida ham harakatlana oladi. Dodge egasi ushbu noodatiy mashina uchun 3500 dollar so‘ramoqda, deb xabar beradi Motor.

Gaz generatorli Dodge egasi yirik shaharlardan uzoqda yashaydi, shu sababli unda qattiq yonilg‘i (o‘tin)ga nisbatan taqchillik bo‘lmagan. O‘tinda harakatlanadigan motor yoqilg‘i bakining muqobil qo‘shimchasiga aylangan, chunki avtomobilga 5,2 litrli V8 karbyurator dvigateli o‘rnatilgan.

Dodge egasi 100 kilometr masofa uchun mashina qancha o‘tin yoqishi kerakligi haqida ma’lumot bermagan. Ikkinchi jahon urushi vaqtida gaz generatorli sovet yuk mashinalari 100 kilometrga 30-35 kilogramm o‘tin yoqqan — zamonaviy avtomobil bundan 3-4 barobarga tejamkor bo‘lishi mumkin.

Mazkur Dodge Pensilvaniyada 1995-yili ishlab chiqarilgan boshqa Dakota avtomobillaridan farq qilmaydi. U 25 yil davomida 158 ming kilometr masofa bosgan, texnik muammolari yo‘q, kuzov holati yaxshi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют