» » O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 457 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 457 nafarga yetdi


O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 457 kishiga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, infeksiya bilan kasallanganlar soni so‘nggi bayonot berilganidan beri 60 kishiga oshgan.

Avvalroq 6-aprel soat Toshkent vaqti bilan 19:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 7 nafarga oshib, 397 kishiga yetgani haqida ma’lum qilingan edi.

5-aprel, yakshanba kuni, mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 30 nafar bemor sog‘aygani ma’lum qilindi. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda kasallikdan ikki kishi vafot etgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 31 nafar bemorda pnevmoniya (o‘pka yallig‘lanishi) alomatlari kuzatilmoqda, to‘qqiz bemorning ahvoli og‘ir — ulardan ikki nafari sun’iy nafas olish apparatiga ulangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют