» » Sog‘lom odamlarning tashqi muhitdan koronavirus yuqtirish ehtimoli ma’lum qilindi

Sog‘lom odamlarning tashqi muhitdan koronavirus yuqtirish ehtimoli ma’lum qilindi


Sog‘lom odamga koronavirus yuqishi holatining o‘ntadan bittasi tashqi muhitdan yuz berishi mumkin. Bu haqda singapurlik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga tayanib, AQShning Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Tadqiqot 2020-yilning 23-yanvaridan 16-martiga qadar Singapurda 243 nafar bemorning tekshiruvlari asosida o‘tkazilgan. Ularning 157 nafari mamlakat hududida kasallangan.

Xususan, 52 yoshli ayol koronavirusni cherkovdagi o‘rindiqqa o‘tirib yuqtirib olgan. Mazkur o‘rindiqqa ayoldan bir necha soat oldin ikki nafar xorijlik virus tashuvchi o‘tirgan. O‘sha vaqtda mazkur xorijliklarda kasallik alomatlari yuzaga chiqmagan edi.

Ta’kidlanishicha, koronavirusning alomatlari yuzaga kelishidan oldin tarqalishi uning oldini olish bo‘yicha choralarni qiyinlashtirmoqda va ijtimoiy masofa saqlash zarurligini ko‘rsatmoqda. AQShning Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligini kasallanganlar bilan aloqada bo‘lganlarni aniqlashda tashqi muhitdan zararlanish ehtimolini hisobga olishga chaqirgan.

Mavzuga doir: JSST vakili koronavirusning eng yaqqol belgisi haqida gapirdi

Avvalroq Nyu-York hayvonot bog‘idagi yo‘lbars koronavirus yuqtirib olgani, Gruziyada bozorga kiruvchi xaridorlarning pullari dazmol yordamida dezinfeksiya qilinayotgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют