» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 6-aprelda 115 kishiga ko‘paydi. Bu — bir kunda aniqlangan bemorlar soni bo‘yicha rekord

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 6-aprelda 115 kishiga ko‘paydi. Bu — bir kunda aniqlangan bemorlar soni bo‘yicha rekord


O‘zbekistonda 6-aprel kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni kun davomida 115 nafarga oshdi. Jami kasallanganlar soni 457 nafarga yetgan (ularning 2 nafari vafot etgan, 30 nafari sog‘aygan).

Dastlab, 6-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra kasallanganlar soni 5-apreldagi so‘nggi bayonotdan so‘ng 48 kishiga oshgani ma’lum qilindi. Soat 19:00 holatiga kasallanganlar soni 7 nafarga, 23:00 holatiga esa yana 60 nafarga oshgani e’lon qilindi.

Qayd etish joiz, 5-aprel kuni kasallanganlar soni 76 nafarga, 4-aprel kuni esa 39 nafarga ko‘paygan edi. Bungacha bir kunda aniqlangan kasallanish holatlari bo‘yicha rekord 29-mart kuni qayd etilgan, o‘shanda 40 bemor aniqlangani aytilgan edi.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning izohlashicha, so‘nggi kunlarda bemorlar sonining sezilarli o‘sishi kasallikka gumon qilinganlarni testdan o‘tkazish qamrovi oshgani bilan bog‘liq.

Jumladan, vazirning qayd etishicha, 5-aprel kuni 4737 kishi koronavirusga test qilingan va ularning 76 nafarida kasallik aniqlangan. Avvalroq O‘zbekistonga 245 mingta koronavirusga test olib kelingani ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 25) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют