WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » AQSh Janubiy Xitoy dengiziga USS Stetham esminetsini yo‘lladi
AQSh Janubiy Xitoy dengiziga USS Stetham esminetsini yo‘lladi
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining USS Stethem esminetsi Janubiy Xitoy dengiziga kirib keldi. Bu haqda AQSh harbiy-dengiz kuchlari rasmiy saytida axborot berilgan, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
Janubiy Xitoy dengizi akvatoriyasida esminets Yangi Zelandiya Qirollik flotining Endeavour kemasi yordamida yonilg‘i olgan.
USS Stethem’ning jamoasi boshlig‘i Uilyam Palmerning ta’kidlashicha, reyd davomida USS Stethem Xitoy harbiy kemalari bilan muntazam aloqada bo‘lib turgan.
AQSh harbiy-dengiz kuchlari axborotida qayd etilishicha, esminets Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlari sabab yuzaga kelgan keskinlik ortidan bu yerga kelgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?