» » Video: Yomg‘irdan so‘ng suv ostida qolgan Samarqand

Video: Yomg‘irdan so‘ng suv ostida qolgan Samarqand


Mavzuga doir: Kun fotosi: Samarqandda beligacha suvga botgan niqobli xodimlar bemor ayolni zambilda olib ketyapti

Samarqandda 6-aprel kuni tushdan so‘ng kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida shaharning bir qator ko‘chalarida suv toshqinlari yuz berdi, do‘konlar, o‘nlab xonadonlar suv ostida qoldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Shaharning “Oqsaroy” mahallasidagi bir qator berk ko‘chalar, “Nurli yo‘l” mahallasidagi Orzu ko‘chasida, “Istiqlol” mahallasidagi Chashmai Hizr ko‘chasida, shuningdek, Sadriddin Ayniy ko‘chasida joylashgan o‘nlab xonadonlar suv ostida qolgan; xonadonlar egalari yordam ko‘rsatish iltimosi bilan mutasaddilarga murojaat qilgan.

Suv shaharning Registon va Dahbed ko‘chalari kesishmasida joylashgan do‘konlarning yarmigacha kirib borgani, xalq tilida “Makaronka” nomi bilan tanilgan ko‘cha yana suv ostida qolgani ma’lum qilingan. Tibbiyot xodimlari beligacha suv kechib, bemor ayolni zambilda ko‘tarib kelayotgani holati esa “Istiqlol” mahallasining Chashmai Hizr ko‘chasida qayd etilgan.

Qayd etish joiz, nafaqat Samarqandda, balki O‘zbekistonning boshqa yirik shaharlarida ham kuchli yomg‘irlardan so‘ng toshqinlar yuz berishi so‘nggi yillarda odatiy holga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 01:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют