» » Rasman: Habib UFC 249 musobaqasida qatnashmaydi, Toni Fergyusonning yangi raqibi e’lon qilindi

Rasman: Habib UFC 249 musobaqasida qatnashmaydi, Toni Fergyusonning yangi raqibi e’lon qilindi


UFC prezidenti Deyna Uayt 18-aprel (Toshkent vaqti bilan 19-aprel tongi) kungi jang oqshomida Habib Nurmagomedov rasman qatnashmasligini e’lon qildi.

Habib aslida ushbu jang kechasida Toni Fergyusonga qarshi chempionlik kamari himoyasi uchun oktagonga chiqishi lozim edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sabab Habib Rossiya hududidan chiqib keta olmaydi.

Habibning o‘rniga endi Toni Fergyusonga qarshi Jastin Getji raqiblik qiladi.

“Jang bo‘yicha kelishuv imzolandi. 100 foiz aniq. Jangni ESPN telekanali orqali jonli efirda tomosha qiling. U Yer sayyorasining qaysidir burchagida bo‘lib o‘tadi. Fergyuson Getjiga qarshi. 18-aprel sanasidagi jang UFC’ning yengil vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechadi”, — deya ma’lum qildi Uayt.

Shu tariqa Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang beshinchi marta bekor qilindi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 02:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют