» » Bosh prokuratura Yozyovonda homilador ayolning tug‘uruqxonada vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini xabar qildi (video)

Bosh prokuratura Yozyovonda homilador ayolning tug‘uruqxonada vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini xabar qildi (video)


Bosh prokuratura Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limida 33 yoshli homilador ayolning vafot etgani haqida “Mening yurtim” telekanali “Markaziy studiya” ko‘rsatuvida efirga berilgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, tumandagi Qatortol mahallasida yashagan 33 yoshli ayol tug‘uruq paytida (39 haftalik homilasi bilan) vafot etgan.

“Holat bo‘yicha qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan turib, qonuniy to‘xtamga kelish imkoniyati yo‘qli sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i asosida Yozyovon tumani tibbiyot birlashmasida xizmat tekshiruvi boshlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda, natijalar bo‘yicha ma’lumot beriladi”, — deyilgan Bosh prokuratura xabarida.

So‘nggi bora 2019-yilning iyul oyida Samarqand viloyati Urgut tumanida homilador ayolning vafot etgani haqida xabar berilgan. Keyinchalik viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rasmiy axborot berib ayolning o‘limiga kuchli darajadagi kamqonlik sabab bo‘lganini bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют