» » Sensatsiya davom etadi. “Qo‘qon—1912” O‘zbekiston Oliy ligasida peshqadam bo‘lib oldi

Sensatsiya davom etadi. “Qo‘qon—1912” O‘zbekiston Oliy ligasida peshqadam bo‘lib oldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 6-tur bellashuvlari 14-aprel kuni start oldi va 15-aprel kungi o‘yinlar bilan o‘z yakuniga yetadi.

Juma oqshomida 2 ta uchrashuv o‘tkazildi. Turnir jadvalining yuqori qismidan joy olgan “Mash’al” va “Qo‘qon—1912” klublari Muborakda to‘qnash keldi. O‘yin asosiy vaqti yakuniga 1 daqiqa qolganida mezbonlar mag‘lubiyatdan qutulib qoldi — 1:1.

Qo‘lga kiritilgan 1 ochko qo‘qonliklarni turnir jadvali peshqadamiga aylantirdi. “Mash’al” esa undan keyin ikkinchi bo‘lib oldi.

Toshkentda esa “Obod” “Olmaliq” klubiga imkoniyatni boy berdi — 0:1. Shu tariqa Viktor Kumikov jamoasi ketma-ket ikki turda zafar quchishning uddasidan chiqa oldi.

O‘zbekiston Oliy ligasi
6-tur o‘yinlari
14-aprel, juma

Gollar: Akmal Xolmurodov, 75 (0:1). Humoyun Murtazoyev, 89 (1:1).

Gol: Vladislav Kasminin 70, (0:1).

15-aprel, shanba
“Neftchi” — “Bunyodkor”
“Lokomotiv” — “Nasaf”
“Qizilqum” — “So‘g‘diyona”
“Sho‘rtan” — “Paxtakor”
“Dinamo” — “Buxoro”
“Metallurg” — “Navbahor”

Опубликовано: admin (15-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют