» » Singapur hukumati koronavirus sababli mamlakatning har bir fuqarosiga kompensatsiya to‘lanishini ma’lum qildi

Singapur hukumati koronavirus sababli mamlakatning har bir fuqarosiga kompensatsiya to‘lanishini ma’lum qildi


Singapur rasmiylari koronavirus sababli biznes va fuqarolarga ko‘rsatiladigan moddiy yordamning uchinchi paketi haqida ma’lum qildi. Bu haqda mamlakatda kasallanganlar sonining keskin oshgani sababli karantinning qattiqlashishidan bir kun oldin, ya’ni 6-aprel kuni ma’lum qilindi, deb yozmoqda “RBK”.

Mamlakat hukumatining qaroriga muvofiq, Singapurning 21 yoshdan oshgan har bir fuqarosi 417 dollar miqdorida moddiy yordam oladi va undan yaqin vaqt ichida foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bu ko‘plab kompaniyalarning 7-apreldan karantinga yopilishi sharoitida fuqarolarga yordam berishiga umid bildirilmoqda.

Kompaniyalar ham moddiy yordam oladi. Hukumat kompaniyalarning aprel oyi uchun ish haqi xarajatlarini qoplab berishni va’da qilgan. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, buning barchasi uchun 2,9 milliard dollar kerak bo‘ladi va ular zaxira jamg‘armasidan olinadi.

Avvalroq Singapur hukumati korxonalar va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator choralarni ma’lum qilgan. Fevral oyida mamlakat rasmiylari barcha fuqarolarga 60—100 dollardan to‘lab berilishini kafolatlagan edi. Mart oyida esa bu summa uch baravarga oshirilishi va’da qilindi. Dastlab, kompensatsiya to‘lovlarini avgust—sentabr oylarida to‘lash rejalashtirilgan edi. Biroq keyinroq hukumat rejalarini qayta ko‘rib chiqdi va to‘lovlarni aprel oyidan boshlashga qaror qildi.

O‘z bank hisobraqamlari haqida ma’lumotlarni bergan fuqarolarga pullar o‘tkazib beriladi, aholining bir qismiga esa naqd ko‘rinishda to‘lovlar amalga oshirilishi ma’lum qilingan.

Singapur moliya vaziri ixtiyoriy ravishda bu to‘lovlardan voz kechgan fuqarolarga minnatdorlik bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, orttirilgan pullar ko‘proq muhtoj bo‘lgan fuqarolarga yordam berish uchun ishlatiladi. Vazir barcha xohlovchilarni maxsus jamg‘armaga xayriya qilishga chaqirgan.

Singapur dunyoda koronavirus avj olgan dastlabki mamlakatlardan biri bo‘ldi. Mart oyining boshida kasallanganlar sonining ortishi sekinlashdi, biroq 5-aprel kuni shaharda 120 ta yangi holat qayd etildi va shu paytgacha kuzatilgan eng yuqori natija bo‘ldi. Singapurda koronavirusga chalinganlar soni 1309 kishini tashkil etmoqda, kasallikdan olti kishi vafot etgan.

Avvalroq, Yaponiyada 7-apreldan boshlab favqulodda holat e’lon qilinishi hamda pandemiya sababli daromadi pasayib ketgan har bir oilaga taxminan 2,7 ming dollardan to‘lanishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar soni 70 ming kishidan oshdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют