» » “Real”, “Atletiko” va “Barselona”ni boshqargan Radomir Antich vafot etdi

“Real”, “Atletiko” va “Barselona”ni boshqargan Radomir Antich vafot etdi


“Real”, “Atletiko” va “Barselona” klublarining sobiq bosh murabbiyi Radomir Antich 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Atletiko” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Serbiyalik mutaxassisning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilinmagan.

“Sport oilasi jamoaning afsonaviy murabbiylaridan biri Radomir Antichning o‘limidan chuqur qayg‘uga botdi. Siz umrbod qalbimizda qolasiz”, — deyiladi “Atletiko” xabarida.

Antich “Real”, “Atletiko” va “Barselona” jamoalarida bosh murabbiylik qilgan yagona mutaxassis hisoblanadi. Serbiyalik murabbiy qo‘l ostida “Atletiko” 1995/96-yilgi mavsumda Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan, 1996-yilda esa mamlakat Kubogiga ega chiqqan. Futbolchilik faoliyati mobaynida Antich “Partizan”, “Fenerbahche” va “Saragosa” klublarida to‘p surgan.

Mavzuga doir: “Real”ning afsonaviy himoyachisi Benito vafot etdi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют