» » Chalg‘ish va boshqarish: Koronavirus sabab yuzaga kelgan xavotirni kamaytirishning 6 usuli

Chalg‘ish va boshqarish: Koronavirus sabab yuzaga kelgan xavotirni kamaytirishning 6 usuli


Koronavirus pandemiyasi butun sayyoradagi insonlar hayotini o‘zgartirib yubordi. Ko‘pchilik oldingidan ko‘ra asabiy bo‘lib qolgani ham ajablanarli emas: inson o‘zi va yaqinlari uchun qayg‘urmoqda. Cosmopolitan vahimadan qutulish va o‘zini yaxshi his qilish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

O‘zingiz haqingizda qayg‘uring

G‘amgin fikrlar sabab inson o‘zini osonlikcha unutib qo‘yishi mumkin. Hech bo‘lmaganda 7 soat uxlash, maroqli hordiq chiqarish va imkon boricha sport bilan shug‘ullanish kerak. Sog‘liq uchun qilingan har qanday jismoniy harakat, ruhiy jihatdan ham foydali. Xobbilarga vaqt ajratish, musiqa tinglash va yaqinlar bilan muloqot qilish darkor.

Havodan nafas oling

Bugungi kunda butun dunyoda sababsiz ko‘chaga chiqish taqiqlangan, ayrim davlatlarda komendantlik soati ham joriy etilgan. Balkonga chiqib, agar balkon bo‘lmasa, derazani ochib xonani toza havoga to‘ldirish kerak. Ko‘chada esa, albatta, boshqalardan 1,5 metr oraliq masofa saqlash lozim.

Muntazam ekranga tikilmang

Bir qarashda bu ishni kun bo‘yi qilsa bo‘ladigandek. Yaxshisi kerak emas, ayniqsa, muntazam koronavirus haqida yangiliklar o‘qiyotgan bo‘lsangiz. Tez-tez tanaffus qilib, gadjetlardan uyquga yotishdan ikki soat oldin voz keching va uyg‘onishingiz bilan uni qo‘lga olmaslikka harakat qiling.

Mavzuga doir: Karantin paytida ko‘p ovqat yeb, semirib ketmaslik uchun 7 tavsiya

Tinchlaning

Turli keraksiz fikrlardan qutulish uchun, albatta, o‘n yillik tajribaga ega yogachi yoki meditatsiya ustasi bo‘lish shart emas. Uydagi eng tinch joyni topib o‘tirib, hech narsa haqida o‘ylamang (ayniqsa, “K” harfidan boshlanadigan so‘z haqida).

Odamlar bilan muloqot qiling

To‘g‘ri, hozir tashqariga chiqib, do‘stlar bilan ko‘rishishning iloji yo‘q. Biroq zamonaviy texnologiyalar yordamida doimo aloqada bo‘lish imkoni mavjud. Videochat va konferensiyalar, telefon orqali muloqotlar — ijtimoiylashish haqida gap ketganda barcha usullar yaxshi.

Mavzuga doir: Har bir inson yoshligida qilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish

Imkoni bor narsani nazorat qilish kerak

Inson dunyo miqyosida bo‘layotgan hodisalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsata olmaydi. Biroq ayrim mayda narsalarni nazorat ostiga olsa bo‘ladi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют