» » Saudiya Arabistoni Ramazon oyida masjidlarni ochishni rejalashtirmayapti

Saudiya Arabistoni Ramazon oyida masjidlarni ochishni rejalashtirmayapti


Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus sabab ommaviy yig‘inlarni, xususan, Ramazon oyi davomida masjidlardagi namozlar cheklovini uzaytirishga tayyor. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Muhammad Abdul Aliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Barcha Ramazon oyidagi diniy ibodatlarni sog‘indi, biroq qabul qilingan choralar koronavirus pandemiyasi yo‘qolmaguniga qadar davom etadi”, — deydi vazir.

6-aprel kuni Saudiya Arabistoni hukumati Makka va Madinadan tashqari yana bir qator shaharda komendantlik soati joriy etilishini ma’lum qildi, xususan, poytaxt Ar-Riyod, Jidda shaharlarida, shuningdek, mamlakat sharqidagi asosiy shaharlar: Dammam, Daxran, Al-Katif va Al-Hubarda ham.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonidagi Al-Harom va Nabaviy Masjidida jamoat namozlari o‘qilishi to‘xtatilgan, avvalroq mamlakatda jamoat namozlari o‘qilishi vaqtincha to‘xtatilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallanganlar soni 2605 kishiga yetdi, 38 kishi vafot etgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilda Ramazon oyi 23-apreldan boshlanib, 23-mayga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют