» » Nyu-Yorkda yana bir o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi

Nyu-Yorkda yana bir o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi


O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 6-aprel kuni 1969-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi R.X. koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish natijasida mahalliy klinikada vafot etdi.

22-mart kuni R.X.da kasallikning birinchi alomatlari qayd etilgan edi, uning sog‘lig‘i keskin yomonlashishi munosabati bilan 2-aprel kuni u kasalxonaga yotqizilib, o‘pkani sun’iy shamollatish apparatiga ulangan va sun’iy komaga tushirilgan edi.

“Ushbu davrda Bosh konsulxona uning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turdi”, — deya xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Hozirgi paytda Bosh konsulxona diasporal tashkilotlari rahbarlari va faollari bilan birgalikda uning dafn marosimi bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

“Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etadi”, — deya qo‘shimcha qilingan TIV axborotida.

Avvalroq Nyu-Yorkda ikki o‘zbekistonlik (bir ayol va bir erkak) koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 15-martdan 7-aprel soat 00:01 ga qadar 457 kishida koronavirus aniqlangan, ularning ikki nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют