» » “Balotelli Italiya terma jamoasiga qaytish uchun hech narsa qilgani yo‘q” — Roberto Manchini

“Balotelli Italiya terma jamoasiga qaytish uchun hech narsa qilgani yo‘q” — Roberto Manchini


Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini “Breshiya” hujumchisi Mario Balotelli borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Balotelli o‘yin salohiyati bo‘yicha eng yaxshi hujumchilardan biri hisoblanadi. Biroq bu milliy terma jamoaga qaytish uchun yetarli emas. Joriy mavsum u hech narsa qilmadi va buni o‘zi ham bilib turibdi.

Terma jamoa eshiklari barcha uchun ochiq, biroq undan joy olish uchun ter to‘kish lozim. Yevro—2012 musobaqasidagi Mario qaytishiga umid qilib qolamiz”, — deydi Manchini.

Balotelli 2019-yilning yozida erkin agent maqomida “Marsel”dan “Breshiya”ga o‘tdi. Joriy mavsum 29 yoshli futbolchi Italiya chempionatining 19 o‘yinida maydonga tushib, beshta golga muallif bo‘ldi. Shuningdek, Mario 5 ta sariq va bitta qizil kartokcha ishlab oldi. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilga qadar mo‘ljallangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 41) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют