» » Pentagon koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishga kirishdi

Pentagon koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishga kirishdi


AQSh Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishga kirishdi, jarayon bir necha oy davom etadi. Bu haqda AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasining bosh shifokori general Pol Fridrixsga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Bugundan vaksinani sinovdan o‘tkazishga kirishdik. Biroq vaksina tayyor deb aytib bo‘lmaydi. Jarayonga haftalar emas, oylar ketadi”, — deydi Fridrixs.

Generalning ta’kidlashicha, bir vaqtning o‘zida bir necha vaksina hayvonlar ustida sinovdan o‘tkazilmoqda. Vaksinaning xavfsizligi tasdiqlansa, kichikroq guruhdagi odamlar ustida sinov o‘tkaziladi, muvaffaqiyatli yakunlansa, kattaroq guruhga o‘tiladi.

Avvalroq AQShda koronavirusni bezgakka qarshi dorilar bilan davolashga ruxsat berilgan edi. Shunindek, AQShda COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina ishlab chiqish bo‘yicha klinik sinovlar boshlangani, vaksina Vashingtondagi Salomatlik milliy instituti tomonidan ishlab chiqilayotgani haqida xabar berilgan. Britaniyadagi hVIVO tadqiqot guruhining koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va shunga o‘xshash virusni yuqtirish dasturida ishtirok etishga 20 mingdan ortiq odam rozi bo‘lgan. 6-aprel kuni Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina hayvonlarda muvaffaqiyatli test qilingan.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, AQSh koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda ketmoqda — bemorlar soni 368 ming kishidan oshgan. Virus oqibatida vafot etganlar soni qariyb 11 ming kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют