» » JSST rahbari: “Tibbiy niqoblardan faqat shifokor va kasallanganlar foydalanishi lozim”

JSST rahbari: “Tibbiy niqoblardan faqat shifokor va kasallanganlar foydalanishi lozim”


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 koronavirusi pandemiyasi paytida tibbiy niqoblardan foydalanish bo‘yicha asosiy tavsiyalarni o‘zgartirmadi — ularni faqat shifokor va kasallar taqishi lozim, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Bu haqda Jenevada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida JSST rahbari Tedros Gebreyesus ma’lum qilgan.

“Bilamizki, ko‘pchilik davlatlar COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun aholiga tibbiy va tibbiy bo‘lmagan niqoblarni taqishni tavsiya etmoqda. Tibbiy niqoblardan birinchi navbatda koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlari foydalanishi lozim”, — degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu shifokorlarni infeksiyadan himoya qilish uchun zarurdir. Biroq niqoblar zaxirasi juda kam bo‘lgani uchun JSST rahbari niqoblardan keng aholi foydalanishi unga haqiqatan ham ko‘proq muhtoj bo‘lganlarga yetmay qolishidan xavotirlanayotganini bildirgan.

“Ayrim hollarda bu yetishmovchilik shifokorkar hayotini xavf ostiga qo‘yadi. JSST tibbiy niqoblar, respiratorlar va boshqa himoya vositalaridan foydalanishni tibbiyot xodimlariga tavsiya etishda davom etadi. Aholi uchun esa tibbiy niqoblarni kasal bo‘lganlarga va ularga uyda qarayotganlarga taqishni tavsiya etamiz”, — degan Tedros Gebreyesus.

Avvalroq JSSTning rasmiy vakili shunday tavsiyalar berib, tibbiy niqobning o‘zi koronavirusdan himoya qilolmasligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 25-martdan boshlab jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Niqobsiz yurgan shaxslar jarimaga tortiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют