» » Turkmanistonda karantin zonasidan 15 kishi qochib ketdi

Turkmanistonda karantin zonasidan 15 kishi qochib ketdi


Turkmanistonning Lebob viloyati ma’muriy markazi Turkmanoboddagi karantin zonasidan 15 kishi qochib ketdi. Ular Turkiya, Rossiya va MDH davlatlaridan qaytib kelgan bo‘lib, 14 kun davomida izolyatsiyada bo‘lishi kerak edi, deb xabar beradi Asia-Plus.

Taxminlarga ko‘ra, qochoqlar shifokorlarga pora bergan bo‘lishi mumkin. “Milliy xavfsizlik vazirligi xodimlari ularni uyida qo‘lga olib, yana karantinga yubordi. Hozirda ular jarimaga tortilishi yoki bir yilgacha qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Turkmanoboddagi karantin zonasi fevral oyining boshida tashkil etilgan bo‘lib, jadval bo‘yicha Ashxobodga qo‘nishi kerak bo‘lgan barcha samolyotlar shu yerga yo‘naltirilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, izolyatsiya qilingan fuqarolar avval boshidan qattiq nazorat ostida bo‘lmagan.

Ta’kidlanishicha, Xitoydan kelgan fuqarolar saqlangan maxsus lagerni obro‘li amaldorga qo‘ng‘iroq qilish orqali yoki politsiyachilarga 100-150 dollar pora berib, 20 daqiqa ichida tark etish imkoni bo‘lgan.

Turkmanistonga qaytib, lagerga joylashtirilgan fuqarolarning aytishicha, koronavirusni karantindan tashqarida yuqtirib olishdan ko‘ra, lager ichida kasallanish ehtimolligi yuqori. Chunki xorijdan qaytib kelgan barcha yo‘lovchilar bitta palatkaga joylashtirilgan.

Har bir palatkaga 20 ta ikki qavatli karavotlar joylashtirilgan bo‘lib, ular bir-biridan izolyatsiyalanmagan, xususan, yangi kelgan fuqarolar eskilari bilan bir joyda yotgan.

Turkmaniston respublikada COVID-19 holatlari mavjud emasligini ta’kidlamoqda, shunga qaramay Lebobda isitmasi yuqori bo‘lgan fuqarolar kasalxonalarda qayd etilmasdan darhol davolanish muolajalariga olinyapti. Koronavirus belgilari bo‘lgan bemorlarga esa natija salbiy bo‘lganligi haqida aytilmoqda.

Mavzuga doir: Turkmaniston prezidenti koronavirusdan isiriq yordamida himoyalanishga chaqirdi

Avvalroq turkmanistonlik amaldorlar koronavirusdan himoyalanish uchun qo‘riqxonaga ko‘chib o‘tgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют