» » Xitoyda yanvardan beri ilk bor bir sutka davomida koronavirusdan hech kim vafot etmadi

Xitoyda yanvardan beri ilk bor bir sutka davomida koronavirusdan hech kim vafot etmadi


Xitoyda yanvar oyidan buyon birinchi marta o‘tgan bir sutka ichida hech kim COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etmadi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlarida keltirilgan.

O‘tgan bir sutka ichida mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 32 kishiga oshgan bo‘lib, ularning barchasi chetdan yuqtirilgan.

Pandemiya boshlanganidan buyon Xitoyda 81,7 mingdan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 3,3 mingdan ortiq odam vafot etgan. Kasallarning aksariyati — 77 mingdan ortig‘i sog‘aygan. Komissiya hisobotlariga ko‘ra, Xitoy hukumati 22-yanvardan boshlab koronavirus oqibatida vafot etganlar haqida ma’lumot berib kelgan. Mamlakatda koronavirus oqibatida vafot etish bo‘yicha birinchi holat 11-yanvarda qayd etilgan.

Hozirda mamlakatda 1242 nafar kasal qolgan. Taqqoslash uchun, Italiyada o‘tgan bir sutka ichida 3599 kishida koronavirus aniqlangan.

Mavzuga doir: Uxanda koronavirus tasdiqlangan dastlabki holat haqida ma’lumot berildi

Eslatib o‘tamiz, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi 28-martdan boshlab dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishi sabab vizasi bor yoki yashash huquqiga ega bo‘lgan chet elliklarning mamlakatga kirishini vaqtincha chekladi. 1-apreldan boshlab esa koronavirus hech qanday belgilarsiz tarqalayotgani haqida ma’lumot bergandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют