» » Maybach saloniga ega klassik Mercedes-Benz Pullman 2 mln yevro evaziga sotuvga qo‘yildi

Maybach saloniga ega klassik Mercedes-Benz Pullman 2 mln yevro evaziga sotuvga qo‘yildi


Niderlandiyada 1975-yilda ishlab chiqarilgan Maybach 62 interyeri elementlariga ega Mercedes-Benz 600 Pullman sotuvga qo‘yildi. Limuzinni qayta jihozlash Daimler AG mutaxassislariga ishonib topshirilgan, deb xabar beradi Motor.

Takomillashtirilgan Pullman orginal jihatlarini saqlab qolgan va oldingidek klassik avtomobil sinfiga kiradi.

Mercedes-Benz Classic zavodi mutaxassislari oldiga 1960-yillar boshida loyihalangan limuzin salonini zamonaviy talablarga xos tarzda jihozlash, uning tashqi ko‘rinishi va texnik jihatini saqlab qolish talablari qo‘yilgan. Mercedes-Benz 600 Pullman Maybach Restomod tashqi ko‘rinishidan W100 kuzovidagi oddiy limuzinga o‘xshaydi: faqatgina nostandart Perlmutt Weis rangi bilan ajralib turadi.

Avtomobil salonida zamonaviy detallar uyg‘unligi mavjud, masalan, elektromoslashuvchan o‘rindiqlar, orqani ko‘rish kamerasi, yorug‘likni boshqaruvchi panorama tomi va hokoza. Shuningdek, klassik panellar qurilmasi va rul, soatlar, 1970-yillardagi radiopriyomnik saqlanib qolgan.

Limuzin 250 kuchga ega 6,3 litrli V8 dvigateli yordamida harakatga keladi. W100 hozirga qadar 1112 kilometr masofa bosgan bo‘lib, yetti yil davomida qayta jihozlangan va 3 million yevro sarflangan.

AutoLeitner o‘z turida yagona bo‘lgan ushbu avtomobilni 2 million 150 ming yevroga sotishga tayyor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 38) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют