» » Koronavirusga chalingan Buyuk Britaniya bosh vazirining ahvoli o‘zgarishsiz qolayotgani ma’lum qilindi

Koronavirusga chalingan Buyuk Britaniya bosh vazirining ahvoli o‘zgarishsiz qolayotgani ma’lum qilindi


Koronavirus bilan kasallanib, shifoxonaga yotqizilgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning sog‘lig‘ida o‘tgan bir kecha davomida hech qanday o‘zgarish ro‘y bermadi, deb xabar qiladi Reuters.

6-aprel kuni Britaniya hukumati rahbarining kanselyariyasi Jonsonning ahvoli og‘irlashgani sabab intensiv terapiya bo‘limiga joylashtirilgani haqida xabar bergandi. Sky News telekanali ma’lumotiga ko‘ra, 55 yoshli Boris Jonsonga ehtiyot chorasi sifatida sun’iy nafas oldirish apparati kerak bo‘lib qolishi mumkinligi inobatga olinib, jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan.

Hozircha bosh vazir sun’iy nafas oldirish apparatiga ulanmagan. Boris Jonson koronavirusga chalinganini 27-mart kuni ma’lum qilgan edi. O‘shanda bosh vazirda yengil simptomlar kuzatilgan. Oradan 10 kun o‘tib, simptomlar hali ham kuzatilayotgani bois u kasalxonaga yotqizilgan edi.

Mavzuga doir: Buyuk Britaniya shahzodasi Charlz koronavirusdan tuzalib, karantindan chiqdi

Avvalroq Qirolicha Yelizaveta II Buyuk Britaniya va Hamdo‘stlik davlatlari aholisiga televideniye orqali murojaat yo‘llagani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют