» » Koronavirusdan sog‘aygan rossiyalik xonandalar Lev Leshenko va Igor Nikolayevga uyiga javob berildi

Koronavirusdan sog‘aygan rossiyalik xonandalar Lev Leshenko va Igor Nikolayevga uyiga javob berildi


Rossiyalik xonandalar Lev Leshenko va Igor Nikolayevlarga koronavirusdan sog‘ayganidan so‘ng uylariga javob berildi, deb xabar berdi “Komsomolskaya pravda”.

Leshenko 6-aprel kuni koronavirusga qayta test topshirgan va natija salbiy chiqqanidan keyin uyiga javob berilganini aytgan. Xonanda hazil tariqasida “shifokorlar ikki haftadan ko‘proq kasalxonadasiz, endi uyingizga boring, deb aytdi” — degan.

Bundan tashqari, Leshenko o‘pka shamollashidan so‘ng asoratlarini tekshirish maqsadida kompyuter tamografiyasidan o‘tgan. Xonandaning to‘liq sog‘ayib ketishi uchun uch hafta talab qilinadi. Unda o‘pkaning ikki tomonlama yallig‘lanishi kuzatilgan.

Shuningdek, Kommunarkadagi shifoxonadan xonanda va bastakor Igor Nikolayevga ham javob berilgan. U klinikada koronavirus tashxisi bilan bir yarim hafta davolandi.

Nikolayev Leshenkoda koronavirus aniqlanishidan bir kun avval u bilan tadbirda ko‘rishgani uchun kasalxonaga yotqizilgan edi. U pnevmoniyani boshdan kechirdi. Koronavirusga qayta test topshirgan va natijalar Nikolayevning sog‘ayganini ko‘rsatgan.

78 yoshli xonanda Lev Leshenko koronavirus pnevmoniyasiga chalingani haqida 27-mart kuni xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют