» » O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 32 649 ta holat aniqlandi

O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 32 649 ta holat aniqlandi


O‘zbekistonda 7-aprelga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 32 649 ta holat aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, eng ko‘p — 5 284 ta qoidabuzarlik Toshkent shahrida qayd etilgan. Shu sababli Toshkent mahallalarida karantin tartibini nazorat qiluvchi yuzlab postlar tashkil etildi. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni 3 910 tani tashkil etmoqda.

Respublika bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar esa quyidagicha:

“Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat 15-mart kuni qayd etilgan. Shu sababli respublikada koronavirus karantini tartibi amal qilmoqda.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 472 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov fuqarolar intizom saqlab, barcha tartib-qoidaga amal qilib, ikki hafta uyda o‘tirsa, hammasi o‘tib ketishini aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют