» » Xorijiy davlatlarda koronavirusga chalingan O‘zbekiston fuqarolarining soni ma’lum qilindi

Xorijiy davlatlarda koronavirusga chalingan O‘zbekiston fuqarolarining soni ma’lum qilindi


Xorijiy davlat (9 ta)da bo‘lib turgan 23 nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlangan, ulardan 3 nafari vafot etgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Avazbek Hojimetov 7-aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari orasida ham koronavirus yuqtirib olish holatlari kuzatilmoqda. Ayni paytda quyidagi mamlakatlarda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarda kasallik aniqlangan:

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari ushbu fuqarolar va ularning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi va zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda.

Avvalroq Nyu-Yorkda ikki o‘zbekistonlik (bir ayol va bir erkak) koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgan edi. 6-aprel kuni yana bir nafar o‘zbekistonlik Nyu-Yorkda koronavirusdan vafot etgan. Shuningdek, Armaniston, Qozog‘iston va Avstriyadagi O‘zbekiston fuqarolarida koronavirus aniqlangani ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar qaysi hududlardan ekanligi aytildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют