» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 504 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 504 kishiga yetdi


O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 7-aprel soat Toshkent vaqti bilan 15:00 holatiga ko‘ra, 32 kishiga oshib, 504 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq 7-aprel soat 10:00 holatiga O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15 kishiga oshib, 472 nafarga yetgani ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 6-aprelda 115 kishiga ko‘paydi. Bu — bir kunda aniqlangan bemorlar soni bo‘yicha rekord

O‘zbekistonning bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 92 kishi davolanmoqda, ularning 23 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilmoqda, besh nafar bemorning ahvoli og‘ir.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar instituti klinikasiga 66 bemor joylashtirilgan, ulardan biri o‘rta og‘ir, yana biri esa o‘ta og‘ir ahvolda (avvalroq O‘zbekiston bo‘yicha 31 bemorda pnevmoniya kuzatilayotgani, ikki kishi sun’iy nafas olish apparatiga ulangani aytilgan edi).

6-aprel soat 09:00 holatiga ko‘ra kamida 31 nafar bemorda pnevmoniya alomatlari kuzatilayotgan edi; to‘qqiz bemorning ahvoli og‘ir deb baholangan, ulardan ikki nafari sun’iy nafas olish apparatiga ulangan edi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni aniqlangan bo‘lsa, o‘tgan davr mobaynida 30 kishida sog‘ayishga erishdi, ikki kishi kasallik qurboni bo‘ldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning Nyu-York shahrida koronavirusdan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni uch nafarga yetdi. Bundan tashqari, Armaniston, Qozog‘iston va Avstriyadagi O‘zbekiston fuqarolarida ham koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют