» » Nyu-Yorkda koronavirusdan vafot etgan uchinchi o‘zbekistonlik mashhur shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy ekani ma’lum bo‘ldi

Nyu-Yorkda koronavirusdan vafot etgan uchinchi o‘zbekistonlik mashhur shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy ekani ma’lum bo‘ldi


Oldinroq O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi 6-aprel kuni 1969-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi R.X. koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish natijasida mahalliy klinikada vafot etganini ma’lum qilgandi. Nyu-Yorkdagi o‘zbekistonliklar hamjamiyati vakillari “Daryo”ga ushbu shaxs mashhur qo‘shiqchi, shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy ekanini ma’lum qildi.

51 yoshli Rustam Hojimamedovda 22-mart kuni kasallikning birinchi alomatlari qayd etilgan edi, uning sog‘lig‘i keskin yomonlashishi munosabati bilan 2-aprel kuni u kasalxonaga yotqizilib, o‘pkani sun’iy shamollatish apparatiga ulangan va sun’iy komaga tushirilgan edi. Ammo bu foyda bermadi va bemor 6-aprel kuni olamdan o‘tdi.

Rustam Hojimamedov Rustam Samarqandiy taxallusi ostida ijod qilardi. U mashhur hofiz Abram Tolmasovning shogirdi hisoblanardi. Rustam Samarqandiy shirali ovozi hamda mumtoz kuylarni ijro etish mahorati bilan mashhur edi.

Hozirgi paytda Bosh konsulxona diasporal tashkilotlar rahbarlari va faollari bilan birgalikda uning dafn marosimi bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Avvalroq Nyu-Yorkda ikki o‘zbekistonlik (bir ayol va bir erkak) koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Shunday qilib, Rustam Samarqandiy Nyu-Yorkda va umuman chet elda koronavirusdan vafot etgan uchinchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘ldi.

Umuman olganda, xorijiy davlatlarda bo‘lib turgan 23 nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlangan, ulardan 3 nafari vafot etgan. Ayni paytda quyidagi mamlakatlarda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarda kasallik aniqlangan:

O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari ushbu fuqarolar va ularning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi va zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 7-aprel soat 15:00 Toshkent vaqti bilan 10:00 holatiga ko‘ra 28 kishiga oshib, 504 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют