» » Toshkentda avtomobildan maqsadsiz foydalangan 52 nafar haydovchining stikeri bekor qilindi

Toshkentda avtomobildan maqsadsiz foydalangan 52 nafar haydovchining stikeri bekor qilindi


O‘zbekistonda karantin sharoitida transport vositalaridan foydalanish uchun talab qilinadigan maxsus ruxsatnomani olish uchun joriy yilning 6-aprel kuni soat 18:00 ga qadar Davlat xizmatlari markazlariga jami 168 521 ta ariza kelib tushgan. Ularning 163 444 tasi ko‘rib chiqilib, 28 073 tasi qanoatlantirilgan, 135 371 tasi rad etilgan. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi ma’lum qildi.

Agentlik tomonidan qayd etilishicha, stikerlardan belgilangan maqsadlarga zid ravishda foydalanmaslik yoki ularni suiiste’mol qilmaslik haqida bir necha marta berilgan rasmiy ogohlantirishlarga qaramasdan bu kabi holatlar ko‘plab kuzatilmoqda.

Xabar berilishicha, Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Toshkent shahar Davlat xizmatlari markazlari o‘zaro hamkorlikda avtotransport vositalari uchun berilgan stikerlardan maqsadli foydalanish bo‘yicha 6-aprel kuni soat 20:00 dan keyin o‘tkazgan nazorat-reyd tadbirlari natijasida 52 ta stiker bekor qilinib, avtomashinalar jarima maydoniga qo‘yildi.

Agentlikning ma’lum qilishicha, bu kabi nazorat-reyd tadbirlari muntazam ravishda respublikaning barcha hududlarida o‘tkaziladi. Avvalroq Toshkentda “stiker”siz yurgan 152 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgani haqida xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, stiker olmoqchi bo‘lgan “inomarka”lar ochiqlanishi aytilgandan so‘ng 9 mingga yaqin ariza qaytarib olingan edi. O‘zbekistonda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanayotgani aniqlangan avtomobillar karantin oxirigacha jarima maydonchasiga joylashtiriladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda stikersiz qo‘lga tushgan haydovchilarga qanday chora ko‘riladi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 53) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют