» » Farg‘onada 70 dan ortiq “inomarka” stiker olish uchun kuryer sifatida ariza topshirgani ma’lum bo‘ldi

Farg‘onada 70 dan ortiq “inomarka” stiker olish uchun kuryer sifatida ariza topshirgani ma’lum bo‘ldi


Farg‘ona viloyatida 70 dan ortiq “inomarka” haydovchilarining maxsus stiker olish uchun kuryer sifatida topshirgan arizalari rad etilgan, — deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov.

Qayd etilishicha, joriy yil 4-aprel soat 18:00 ga qadar Farg‘ona shahar davlat xizmatlari markaziga fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomashinada harakatlanish ruxsatnomasini olish uchun 14 ming 69 ta ariza kelib tushgan.

Arizalarning 12 ming 157 tasi belgilangan mezonlarga mos kelmagani uchun rad etilgan. 1056 ta avtomashina haydovchisiga maxsus ruxsatnoma berilgan.

Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Boyqo‘ziyevaning ta’kidlashicha, arizalarni saralash, YHXB bilan birgalikda ko‘rib chiqish va asoslantirilgan qarorlar qabul qilish uchun 4-aprel soat 18:00 dan boshlab arizalar qabuli vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda ruxsatnomasiz harakatlanayotgan avtomobillar karantin oxirigacha jarima maydonchasiga joylashtiriladi

Bugun, 7-apreldan boshlab avtotransport vositalari uchun berilgan stikerlardan maqsadli foydalanish ustidan maxsus reyd o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Davlat xizmatlari markazi maxsus ruxsatnomalar nima maqsadda berilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni YPX xodimlariga taqdim etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют