» » “Garri Potter” haqidagi kitoblar muallifi nafas olish texnikasi yordamida koronavirusdan tuzalganini ma’lum qildi

“Garri Potter” haqidagi kitoblar muallifi nafas olish texnikasi yordamida koronavirusdan tuzalganini ma’lum qildi


“Garri Potter” haqidagi kitoblar muallifi, 54 yoshli britaniyalik yozuvchi Joan Rouling koronavirusdan sog‘ayganini ma’lum qildi, deb yozadi Cosmopolitan.

Roulingga COVID-19 tashxisi qo‘yilmagan, biroq uning barcha alomatlari kuzatilgan. Qayd etilishicha, kasallikni uy sharoitida yenggan. Yozuvchi “Uxan virusi”dan butunlay sog‘ayganini ma’lum qilgan.

Joanning aytishicha, koronavirusga test topshirmagan, biroq unda kasallikning barcha alomatlari kuzatilgan. Rouling ikki hafta deganda sog‘aygan. Unga 48 yoshli turmush o‘rtog‘i, shifokor Neyl Myurrey tavsiya qilgan nafas olish texnikasi yordam bergan.

Yozuvchining aytishicha, og‘riqlarni nafas olish davomida bartaraf qilgan. Muolaja besh marta chuqur nafas olishni o‘z ichga oladi. Har nafas olganda besh soniya davomida nafasni ushlab turish talab etiladi. Oltinchi marta nafas olganda yaxshilab yo‘talib olish, undan keyin esa amaliyotni yana ikki marta qaytarish zarur.

Muxlislari Joanning ahvolidan xavotirlangan.

“Tan olishim kerak, postni o‘qiy boshlashim bilan qo‘rqib ketdim”, “Ahvolingiz yaxshiligidan xursandman”, “Asosiysi, endi o‘zingizni yaxshi his etyapsiz”, — deb Twitter’da izoh qoldirgan yozuvchining muxlislari .

Ularga javoban Rouling hozir o‘zini ancha yaxshi his etayotganini yozgan.

Avvalroq amerikalik xonanda va aktrisa Pink uch yoshli o‘g‘lida koronavirus qanday kechgani haqida so‘zlab bergandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют