» » Britaniyadagi eng katta oilaga ega bo‘lgan 45 yoshli ayol 22-farzandini dunyoga keltirdi

Britaniyadagi eng katta oilaga ega bo‘lgan 45 yoshli ayol 22-farzandini dunyoga keltirdi


Buyuk Britaniyadagi eng katta oila sohibasi bo‘lgan Syu Redford 22-farzandini dunyoga keltirdi, deb xabar berdi Daily Mail.

45 yoshli ayol farzandini Lankaster shahridagi davlat kasalxonasida dunyoga keltirgan. Chaqaloq 3,2 kilogramm vazn bilan tug‘ilgan.

Endilikda ayol oiladagi 11-qiz farzand bo‘lgan chaqaloqqa 49 yoshli turmush o‘rtog‘i Noel bilan ism tanlamoqda.

“Koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyat ortidan hozir tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani ololmaymiz”, — deydi ayol.

Jurnalistlar bilan suhbatda Redford COVID-19 pandemiyasi davrida tug‘ishga qo‘rqqanini aytgan.

“Men Noelni oldimga qo‘yishmasliklaridan qo‘rqdim. Bu hayotimdagi eng g‘ayrioddiy jarayon bo‘ldi. Shu bilan birga bu katta tajriba hamdir”, — deydi ayol.

Ko‘p farzandli oila Angliyaning Morkam shahrida, o‘nta yotoqxonali uyda yashaydi. Ularning to‘ng‘ich farzandi Kristofer 30 yoshda. U va uning 26 yoshli singlisi Sofi ota-onalaridan alohida yashaydi. Sofi turmushga chiqqan, uning ikki qizi va bir o‘g‘li bor.

Mavzuga doir: Hindistonda tug‘ilgan egizaklarga koronavirusga atab ism qo‘yildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют