» » Jahon banki O‘zbekistonni inqirozga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash uchun 1,2 mlrd dollar ajratish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Jahon banki O‘zbekistonni inqirozga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash uchun 1,2 mlrd dollar ajratish masalasini ko‘rib chiqmoqda


Jahon banki O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasining oqibatlari bilan kurashish uchun 1,2 milliard dollar ajratish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 6-aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller bilan bo‘lib o‘tgan videokonferensiya ko‘rinishidagi suhbatda mazkur masalani muhokama qilgan.

Vazirlikning ta’kidlashicha, tomonlar aholini koronavirusdan himoya qilishga, korxonalar, birinchi navbatda, kichik va o‘rta biznes subyektlarini, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan birgalikdagi istiqbolli choralarni muhokama etdi.

“Siril Myuller O‘zbekiston Prezidenti boshchiligida aholining ijtimoiy himoya darajasini oshirish va mamlakatda iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zini oqlagan choralarni yuqori baholadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, Siril Myuller Jahon banki tomonidan shakllantirilgan 14 milliard dollar miqdoridagi “Strategik tayyorlik va javob dasturi” mablag‘larining bir qismini O‘zbekistonning inqirozga qarshi dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun mobilizatsiya qilish niyatida ekanligini bildirgan.

Qayd etilishicha, bank rahbariyati hozirgi vaqtda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini, ijtimoiy himoya institutlari va muassasalarini moliyalashtirish hamda budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun 1,2 milliard dollar miqdorida mablag‘larni operativ ajratish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Mazkur mablag‘lar joriy yilning mart oyida tasdiqlangan kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish loyihalarini va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan 700 million dollar miqdoridagi kredit liniyalariga qo‘shimcha hisoblanishi aytilgan.

Avvalroq, O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 1 milliard dollar so‘ragan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun Inqirozga qarshi jamg‘arma tuzilib, unga 10 trillion so‘m ajratilishi ma’lum qilingan. Koronavirus sababli zarar ko‘radigan sohalardagi korxonalarning kredit muddatlarini uzaytirish, turistik yig‘imlar undirishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha choralar ko‘rilgan. Shuningdek, jismoniy shaxslar va YaTTlarning kredit to‘lovlarini qaytarishda ham imtiyozlar berildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni koronavirusning salbiy iqtisodiy oqibatlariga qarshi kurash uchun ko‘riladigan yangi choralar haqida ma’lum qildi, korxonalarga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi.

Mavzuga doir: Xalqaro valyuta fondi koronavirus tufayli tarixda birinchi marta jahon iqtisodiyoti to‘xtaganini qayd etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют