» » Shimoliy Koreya AQSh tajovuzi ro‘y bergan taqdirda Carl Vinson aviatashuvchisini yo‘q qilishga va’da berdi

Shimoliy Koreya AQSh tajovuzi ro‘y bergan taqdirda Carl Vinson aviatashuvchisini yo‘q qilishga va’da berdi


KXDR AQSh harbiy bazalariga oldini oluvchi zarba berish bilan tahdid qildi. Koreya xalq armiyasi bosh shtabi vakili bayonotida tajovuz uyushtirilgan taqdirda Carl Vinson aviatashuvchisini ham yo‘q qilishga va’da berilgan, deya ma’lum qiladi “Kommersant”.

“Barcha siyosiy, iqtisodiy va harbiy fitnalar armiya va xalqimizning o‘ta qudratli javobi bilan yo‘qqa chiqariladi. Bu javob quruqlik, suv va havoda to‘satdan oldini oluvchi zarba berish variantlarini o‘z ichiga oladi”, — deyiladi bayonotda.

Zarba uchun ehtimoliy obyektlar sifatida AQShning Osan, Kunsan va Pxyontxekdagi harbiy bazalari, shuningdek, Janubiy Koreya prezidentining “Chxonvade” qarorgohi keltirilgan. Shuningdek, bosh shtabi vakili KXDR raketalari AQSh va Yaponiyadagi bazalarga ham qaratilganini eslatib o‘tdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют