» » Navoiyda 5 kishidan iborat butun bir oila karantindan qochib ketgani aniqlandi

Navoiyda 5 kishidan iborat butun bir oila karantindan qochib ketgani aniqlandi


Navoiy viloyatida Toshkent shahridan kelganidan keyin karantinga olingan besh kishidan iborat butun bir oila karantin hududidan ketib qolgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyati Nurota tumanida yashovchi Sh.S. (ayol), turmush o‘rtog‘i B.B. va uch nafar farzandi bilan Toshkent shahridan qaytib kelganligi sababli, Nurota tumani Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi tomonidan karantinga olingan. Biroq oila 6-aprel kuni karantinga olingan xonadonidan o‘zboshimchalik bilan chiqib ketgan.

Oila Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning besh nafari Navoiy viloyatidan ekanligini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq, O‘zbekistonda 7-aprelga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 32 649 ta holat aniqlangani haqida xabar berilgan. Toshkent mahallalarida karantin tartibini nazorat qiluvchi yuzlab postlar tashkil etildi. Shuningdek, Toshkentda avtomobildan maqsadsiz foydalangan 52 nafar haydovchining maxsus ruxsatnomasi bekor qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 62) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют