» » AQShda yangi Chevrolet Corvette xarid qilinganidan bir kun o‘tib YTHga uchradi (video)

AQShda yangi Chevrolet Corvette xarid qilinganidan bir kun o‘tib YTHga uchradi (video)


AQShda yangi Chevrolet Corvette C8 superkari dilerdan sotib olinganidan bir kun o‘tib yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda mashina egasi o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan. Avariyaga mast holda avtomobil boshqargan boshqa bir haydovchi sabab bo‘lgan.

Yangi Corvette egasi yo‘lda qo‘qqisdan paydo bo‘lib qolgan Hyundai Accent bilan to‘qnashuvdan qocha olmagan. Superkar Janubiy Koreya avtomobilining qoq o‘rtasiga borib urilgan. Avariya oqibatida hech kimga vafot etmagan, biroq Corvette egasiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, mashinadagi yo‘lovchi esa o‘rta turdagi jarohatlar bilan cheklangan. Politsiyaning so‘zlariga ko‘ra, YTH aybdori hamon shifoxonada.

Geplaatst door June Bug op Zaterdag 4 april 2020

Facebook’da e’lon qilingan suratlarga ko‘ra, to‘qnashuv kuchli bo‘lganidan qora sedanning butun o‘ng qismini qayta ta’mirlash kerak, Chevrolet’ning esa bamber va kapoti jiddiy shikastlangan.

Superkar haydovchisi yana bir muammoga duch kelgan: koronavirus sabab yuzaga kelgan inqiroz oqibatida Chevrolet’ning dilerlik markazi yopilgan, General Motors esa ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatgan. Shu sabab Corvette egasi yaqin orada mashinasini ta’mirlay olmaydi.

Mavzuga doir: Eng kuchli Chevrolet Corvette 346 km/soat tezlikka erishdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют