» » “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ: O‘zbekiston energotizimining barqaror ishlashi barchamizga bog‘liq

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ: O‘zbekiston energotizimining barqaror ishlashi barchamizga bog‘liq


Bir necha kundan buyon ostona hatlamasdan uyda o‘tiribmiz. Ayni kunda butun dunyo ahli – jamoatchiligini tashvishga solayotgan Covid-19 virusi ham odamzod uchun ana shunday tahdidlardan biri, deyish mumkin.

Ma’lumki, karantin munosabati bilan yurtimizda bir qator tartib-qoida va cheklovlar joriy etilib, koronavirusdan himoyalanish uchun tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berish borasidagi ishlar davom etmoqda. Ularga qat’iy amal qilish, intizomli bo‘lish, virus tarqalishi oldini olishga hissa qo‘shish, o‘z vazifalarimizni sanitariya-gigena talablariga to‘la-to‘kis rioya etgan holda, yanayam mas’uliyat bilan ado etish har birimizning fuqarolik burchimizdir.

Yurtimizda Covid-19 virusi tarqalishini oldini olish ishlariga hissa qo‘shayotgan, jonini xatarga quyib bo‘lsa-da faoliyat olib borayotgan turli soha va tarmoq ishchi-xizmatchilari orasida energetiklar ham bor. Ayni kunlarda sohaning 100 000 dan ortiq jamoasi mamlakatimizda shunday tashvishli kunda uzluksiz elektr energiya yetkazib berish maqsadida o‘z faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.

Bugungi epidemiologik vaziyatda aholi va ijtimoiy obyektlarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash juda muhim. Energetiklarning esa bu borada o‘rni beqiyos. Ular murakkab vaziyatga qaramay, yurtdoshlarimizga yorug‘lik va issiqlik yetkazish maqsadida mehnat qilmoqdalar.

Barchamiz uchun murakkab vaziyatda imkoni boricha xonadonlarimizga yorug‘lik ulashayotgan soha fidoyilarining o‘z vaqtida maoshlarini olishlari uchun ishlatilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni baholi qudrat amalga oshirish talab etiladi. Aks holda, mazkur sohada faoliyat yuritayotgan xodimlar oylik maosh bilan ta’minlanishida muammolar yuzaga kelishi muqarrar.

Shu bilan qatorda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining deyarli 90 foizi issiqlik elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri kelishi barchamizga ma’lum. Mazkur stansiyalarning uzluksiz va barqaror ishlashi uchun zarur yoqilg‘i resruslarining bir maromda yetkazilishiga ham bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida yetarli sarf-harajatlarni talab etadi. Shu o‘rinda, foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirish, mamlakatimiz energotizimi barqaror ishlashi, hamda elektr qurilmalarida olib borilayotgan modernizatsiya ishlarini o‘z vaqtida bajarilishiga eng katta ko‘mak bo‘lib xizmat qiladi.

Xabaringiz bor, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan karantin davrida xalqimizga yengillik yaratish maqsadida qarzdor iste’molchilar (jismoniy)ning elektr energiyasidan vaqtincha uzilmasligi bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu ishlar fuqarolarimizning sog‘ligiga xavf tug‘dirmaslik hamda iste’molchilarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlardir, albatta. Biroq ta’kidlash joizki, bu iste’molchilar uchun ayni kunlarda imtiyoz bo‘lsada, karantin muddati tugagach yig‘ilib qolgan qarzlar oila byudjeti uchun bir muncha noqulayliklarni keltirib chiqarishi ham mumkin.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud barcha to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paymo, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari! Mamlakatimiz iqtisodiy tarmoqlarining uzluksiz faoliyat yuritishiga o‘z hissangizni qo‘shing va elektr energiyasidan qarzdorlik vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymang!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют