» » Toshkentda karantin vaqtida “eplab” ko‘chada niqobsiz yurgan qiz va 2 yigit 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda karantin vaqtida “eplab” ko‘chada niqobsiz yurgan qiz va 2 yigit 15 sutkaga qamaldi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida niqobsiz yurgan qiz va ikki yigit aks etgan video tarqaldi. Videoni olgan qiz Amir Temur haykalidan koronavirus O‘zbekistondan qachon ketishini so‘ragan. Yigitlardan biri esa karantin vaqtida eplab ko‘chada yurganini aytgan.

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 7-aprel, seshanba kuni, Yunusobod tuman ma’muriy sudida mazkur fuqarolar ustidan sud majlisi bo‘lib o‘tgan.

Aniqlanishicha, mazkur fuqarolar 2020-yil 1-aprel kuni taxminan soat 18:00 da Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida, mamlakatda o‘rnatilgan karantin talablariga zid ravishda jamoat joyida niqobsiz yurgan. Shuningdek, ular Amir Temur haykalidan koronavirus epidemiyasi O‘zbekistondan qachon ketishi haqida so‘rab, Amir Temur shaxsiga hurmatsizlik qilgan.

Bundan tashqari, ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzib, o‘z harakatlarini videotasvirga tushirgan hamda olingan videolavhani 2020-yil 6-aprel kuni ijtimoiy tarmoqqa joylagan.

Yunusobod tuman ma’muriy sudida 7-aprel kuni mazkur fuqarolar — 1998-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan K.M., 1993-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan U.H. va 1990-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan O.R.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish) hamda 183-moddasi (Mayda bezorilik) asosida ma’muriy ish ko‘rib chiqilgan.

Yunusobod tuman ma’muriy sudining 2020-yil 7-apreldagi qaroriga ko‘ra, K.M., U.H. va O.R. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54, 183-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 34-moddasi (Bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash) tartibida uzil-kesil 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Avval Farg‘onada karantin qoidasini buzib, tunda niqobsiz, velosipedda yurgan mast fuqaro 15 sutkaga qamalgani, BAAdan olib kelingan 7 kishi karantin qoidalarini buzgani uchun 15 sutkaga qamalgani, Farg‘onada karantin qoidasini buzib, ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan ayol 5 sutkaga qamoqqa olingani haqida xabarlar berilgan. Sirdaryoda karantin qoidalarini buzgan fuqaro ham 15 sutkaga qamalgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют