» » Yer aholisi odatdagidan 7 foizga kattaroq super Oyni kuzatishi mumkin bo‘ladi

Yer aholisi odatdagidan 7 foizga kattaroq super Oyni kuzatishi mumkin bo‘ladi


Yer yuzida pandemiya hukm surayotgan, jahon iqtisodiyoti inqiroz yoqasiga kelib qolgan bir vaqtda sayyora aholisi 8-aprel, chorshanba kuni, super Oyni kuzatishi mumkin bo‘ladi, deb xabar berdi Science Alert.

Shu kuni Yer uzra eng yorqin super Oy kuzatiladi. Sayyoraning tabiiy yo‘ldoshi 2020-yilda kuzatiladigan qolgan to‘lin Oylardan ko‘ra yorqinroq va kattaroq ko‘rinadi — u 7 foizga “kattalashadi” va 15 foiz yorqinroq nur qaytaradi. Buning sababi Oy perigeyga — o‘z orbitasining Yerga eng yaqin nuqtasiga tushadi.

Super Oyni sayyoraning turli qismlaridan turib, turli vaqt oralig‘ida kuzatish mumkin bo‘ladi. Masalan, Avstraliyada u 8-aprel kechasi ko‘rinsa, yevropaliklar 8-aprelning ilk soatlarida kuzatishi mumkin, AQSh aholisi esa 7-aprel kuni kechasi.

Super Oy — to‘lin Oy yoki yangi Oy chiqishi Oyning Yerga maksimal darajada yaqinlashish vaqtiga to‘g‘ri kelgan paytda sodir bo‘ladigan astronomik hodisa. Yorqin qizil rang esa osmon jismi sayyora soyasida turishi, va uning yuzasiga faqat yorug‘likning bir qismi tushishi hisobiga yuzaga keladi.

Mavzuga doir: So‘nggi 70 yildagi eng yorqin super Oy — o‘zbekistonlik fotosuratchilar nigohida

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning fevralida tarmoqlarda qip-qizil tusga kiradigan moviy Oyning, shuningdek, super Oyning ilk suratlari paydo bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют