» » “Abbos Kozimov koronavirusdan keyin chiqib, undan tezroq tarqaldi”. Bir qo‘shiqni 500 dan ortiq qizning ismiga moslab kuylagan yosh xonanda haqida

“Abbos Kozimov koronavirusdan keyin chiqib, undan tezroq tarqaldi”. Bir qo‘shiqni 500 dan ortiq qizning ismiga moslab kuylagan yosh xonanda haqida


Yosh xonanda Abbos Kozimov Imronning “Yomon qiz” qo‘shig‘ini qizlarning ismlariga moslab kuylab, ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi.

Original qo‘shiqda “Men shu yomon qizni yaxshi ko‘raman” deb kuylangan bo‘lsa, Abbos Kozimov “yomon qiz” jumlasi o‘rniga qizlarning ismini qo‘yib, qo‘shiq aytmoqda.

Xonanda 29-martdan hozirga qadar 500 dan ortiq qizlarning ismiga atalgan qo‘shiq kuyladi.

Xonandaning “repertuari”dan Oppog‘oy, Hojiniso ismli qizlarga, shuningdek, ruscha ismlarga atalgan qo‘shiqlarni ham uchratish mumkin.

Instagram’dagi turli hazil postlari bilan ommalashgan “Bir million o‘zbek hikoyalari” akkauntida Abbos Kozimov haqida quyidagicha hazil post paydo bo‘ldi:

“Kozimov Abbos ismli shaxs koronavirusdan keyin chiqib, undan tezroq tarqaldi”.

Abbosning ayni paytda Instagram’da 39 mingdan ortiq, Telegram’da esa 28 ming nafar kuzatuvchisi bor.

Abbos Kozimovning yozishicha, hozirda kuylanmagan qizlar ismlari ro‘yxati tuzilgan. Ushbu ro‘yxatdan 500 tadan ko‘proq ismlar joy olgan. Xonanda ro‘yxatni Instagram va Telegram’dagi sahifalariga joylab, kimning ismi tushib qolgan bo‘lsa, uni to‘ldirishni so‘ragan.

View this post on Instagram

Avvalambor assalomu alaykum ???????? Mana ro’yhat 500 dan oshiq ismlar kelib tushgan va men bunga harakat qildim. Sizlardan iltimos shuyerdan ismingizni ko’rin yo’q bo’lsa yozin bor bo’lsa bor. Hich km qopketgani yo’q imkon boricha harakat qildik hamani yozishga! Va qanday rozi qilish maqsadida yozganlar uchun karta raqam kiritilgan hohlovchilarga ( majburiy ) emas albatta qo’limizdan kelgan yordamni qilaylik imkoniyat boricha hammalarizga rahmat katta sog’ salomat bo’linglar !!! Hali bu boshlanishi yana shunga o’xshash ishlar qilamiz rahmat ???????? Alloh rozi bo’lsin ???????? #Uydaqoling #uydagiyulduzlar #vahimasizkarantin #bizyengamiz ??????????????????????

A post shared by a.k.ulug’bekovich ???? (@kazimoff__95) on

“Hech kim qolib ketmadi, imkon qadar harakat qildik, hammani yozishga”, — deb yozadi Abbos Kozimov.

Xonandaning yozishicha, undan ismni qo‘shiq qilib kuylash qancha bo‘ladi, deb so‘rayotganlar talaygina. Abbos Kozimov ularga javoban “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondining hisob raqamini yozib, xohlovchilar ko‘ngildan chiqarib, pul o‘tkazishi mumkinligini yozib qoldirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют