» » O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning plastik kartalaridagi mablag‘lar haqida soliq idoralariga xabar berish tizimi joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning plastik kartalaridagi mablag‘lar haqida soliq idoralariga xabar berish tizimi joriy etilishi mumkin


O‘zbekistonda banklarning mijozlariga tegishli hisobraqamlar haqida Davlat soliq qo‘mitasini xabardor qilish tizimini joriy etish taklif qilinmoqda. Mazkur tizimni ko‘zda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisobvaraqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga elektron uzatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror loyihasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan muhokama uchun e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, joriy qilinishi rejalashtirilayotgan tartib Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi axborotlarning elektron almashinuvi mexanizmini belgilaydi. U quyidagilarni ta’minlaydi:

Tartibga ko‘ra, Markaziy bank har kuni Davlat soliq qo‘mitasiga yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar reyestri ko‘rinishidagi axborotni belgilangan shaklda taqdim etadi.

Soliq organining yozma so‘rovi olingan kundan e’tiboran 3 kun ichida bank quyidagilarni berishi kerak bo‘ladi:

Nizomga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasining so‘roviga binoan, bir oy davomida jismoniy shaxslarning barcha bank kartalariga kelib tushgan pul mablag‘lari aylanmasi 30 million so‘mdan (shu jumladan, chet el valyutasi milliy valyuta ekvilentida bo‘lgan taqdirda) va tranzaksiyalar soni 10 tadan oshgan P2P operatsiyalari (jismoniy shaxslarning kartasidan kartasiga) to‘g‘risidagi axborotlar 3 ish kunida milliy hamda chet el valyutasida taqdim etilishi kerak bo‘ladi. Mazkur axborot himoyalangan bank aloqa kanali orqali uzatiladi.

Davlat soliq qo‘mitasi olingan axborotlar asosida Business Intellegence biznes-tahlillar avtomatlashtirilgan tizimidan foydalangan holda soliq to‘lamaslik xavfi darajasiga ko‘ra soliq to‘lovchilarni segmentlaydi. Soliq organlari olingan axborotdan soliq ma’muriyatchiligida foydalanadi va uning maxfiyligini kafolatlaydi.

Hujjat loyihasining muhokamasi 2020-yil 21-aprelga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют