» » O‘zbekistonda 1-iyundan tamaki mahsuloti uchun aksiz solig‘i joriy qilinadi

O‘zbekistonda 1-iyundan tamaki mahsuloti uchun aksiz solig‘i joriy qilinadi


“Tamaki mahsulotlari bozorini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar bergan.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-iyundan import qilinadigan qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, chekiladigan, chaynaladigan, hidlanadigan, shimiladigan (snyus), chilim uchun tamaki, nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklarga aksiz solig‘i kiritiladi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari qo‘shimcha pozitsiyalar bilan to‘ldiriladi.

Unga ko‘ra, qator tamaki mahsulotlarining aksiz solig‘i stavkalari miqdorlari belgilandi.

Jumladan, 2020-yil 1-iyundan boshlab chekiladigan tamakining 1 kilogrammi uchun 25 AQSh dollari miqdorida aksiz solig‘i solinadi.

Mavzuga doir: Hukumat qarori bilan xususiy notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tartibi belgilandi

Avval O‘zbekistonda 1-iyuldan loyiha-qidiruv, 1-sentabrda qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etilishi, koronavirus sabab faoliyatini to‘xtatgan YaTTlarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliqni hisoblash to‘xtatilishi, turfirmalar va mehmonxonalar 2020-yil oxirigacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod etilgani haqida xabarlar berilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin davrida spirtli ichimliklar do‘konlari nima uchun yopilmayotgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют