» » O‘zbekistonda tibbiyot kollejlari Ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumlariga aylantiriladi

O‘zbekistonda tibbiyot kollejlari Ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumlariga aylantiriladi


O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab 47 ta tibbiyot kolleji Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari etib, qayta tashkil etiladi.

Bu haqda Prezident tomonidan imzolangan “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab 47 ta tibbiyot kollejini Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari etib, qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik bergan.

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 37) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют