» » Samarqandda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan birinchi bemor aniqlandi

Samarqandda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan birinchi bemor aniqlandi


Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan birinchi bemor kimligi ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro 4-aprel, shanba kuni, tomoq og‘rishi va tana haroratining ko‘tarilishi bilan yashash hududidagi poliklinikaga murojaat qilgan. Vrach-infeksionist ko‘rigida bo‘lgan bemorning tana harorati ko‘tarilganligi uchun zudlik bilan izolyatorga olinib, undan olingan surtmalar viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasiga yuborilgan.

Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘tkazilgan virusologik tahlil natijasida bemorda COVID-19 infeksiyasi aniqlangan. Ushbu tahlil natijasini tasdiqlash uchun respublika SEO agentligiga yuborilgan.

Laboratoriya natijasi asosida bemor tez tibbiy yordam mashinasida viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida alohida boksga joylashtirilgan. Shuningdek, bemor bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar ham viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Shu vaqtga qadar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida karantin nazoratida bo‘lgan fuqarolar zudlik bilan boshqa muassasaga ko‘chirilgan.

Hozirda bemor belgilangan standartlar asosida davolanmoqda. Uning ahvoli yaxshi.

“Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi fuqarolardan karantin qoidalariga rioya qilib, uydan chiqmaslik, jamoat joylarida to‘planmaslik, shaxsiy gigiyena qoidalarga qat’iy amal qilishni so‘raydi”, — deydi boshqarma axborot xizmati rahbari Eldor Muhammadiyev.

Ma’lumot uchun, bugunga qadar Samarqandda jami karantinga olingan fuqarolar 3913 nafarni tashkil etadi. Shundan 1191 nafari statsionar sharoitda nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorlar ayni kunda 504 nafar ekanligini qayd etib, ularning qaysi viloyatlardan ekanligini e’lon qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют