» » “Kechasi bilan duo qilib, yig‘lab chiqardim”. Pink 3 yoshli o‘g‘lida koronavirus qanday kechgani haqida so‘zlab berdi

“Kechasi bilan duo qilib, yig‘lab chiqardim”. Pink 3 yoshli o‘g‘lida koronavirus qanday kechgani haqida so‘zlab berdi


Koronavirusni yuqtirgan amerikalik xonanda va aktrisa Pink kasallikning uch yoshli o‘g‘li Jeymsonda qanday kechgani haqida so‘zlab berdi. Onlayn-suhbatni yozuvchi Jennifer Pastiloff o‘z Instagram sahifasida e’lon qildi.

“Biz juda ham yomon kasal bo‘ldik. Ayrim kunlari kechasi bilan yig‘lab chiqdim, hayotimda hech qachon bunday ko‘p duo qilmagandim”, — deydi Pink.

U shuningdek, tuzalmaguncha, ya’ni uch hafta davomida kasallikning qanday kechayotgani haqida kundalik yuritgan.

“Haligacha uning tana harorati 37,7 darajadan tushmayapti”, — deydi xonanda.

Pinkning qo‘shimcha qilishicha, to‘rt oila a’zosidan faqat u va o‘g‘li virusni yuqtirib olgan.

“Birinchi marta hayotimizda hech kim qochib qutula olmaydigan bunday holat kuzatilmoqda. Bu butun dunyoda kuzatilmoqda. Hech qayerga yashirinib bo‘lmaydi”, — deydi Pink.

Efir davomida xonanda to‘liq sog‘ayganini ma’lum qilgan.

Pink’da koronavirus aniqlanganidan keyin uning oilasi ikki haftaga izolyatsiya qilingan.

Mavzuga doir: Koronavirus yuqtirib olgan mashhurlar (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют