» » Namanganda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar orasida 2 oylik chaqaloq ham borligi ma’lum bo‘ldi

Namanganda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar orasida 2 oylik chaqaloq ham borligi ma’lum bo‘ldi


Namanganda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar orasida 2 oylik chaqaloq ham borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Turkiya orqali Umra safariga borib kelgan ayol va uning turmush o‘rtog‘i Namanganga qaytgach, uyga mehmon chaqirib, ehson qiladi. Hozir ana shu oilaviy tadbir qatnashchilaridan 23 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga davolanish uchun yotqizilgan. Ulardan bir nafari — ayolning 72 yoshli onasi vafot etdi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, kasallikka chalinganlar orasida 2 oylik chaqaloq — ayolning nabirasi ham bor. Chaqaloqning onasi topshirgan tahlil natijalari infeksiya yo‘qligini ko‘rsatgan.

Shu tadbirda ishtirok etgan qo‘shnining ikki nafar farzandi ham virus yuqtirib oladi. Ular 19-mart kuni Namangan shahridagi tantanalar majmualaridan birida o‘tkazilgan to‘yda kuyovjo‘ra sifatida qatnashadi. Oqibatda to‘y egalari va to‘yga kelgan mehmonlardan 13 nafariga virus yuqishiga sababchi bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, bugungi kungacha Namanganda 51 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ulardan 35 nafari ayollar, 16 nafari erkaklardir.

Mavzuga doir: Namanganda koronavirusdan vafot etgan onaxonning qizi Umraga “boshqa yo‘llar” bilan borgan. Ziyoratdan qaytgach, uyida 231 kishi bilan ko‘rishgan

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 504 kishiga yetgan. Shuningdek, xorijiy davlatlarda koronavirusga chalingan O‘zbekiston fuqarolarining soni ma’lum qilingani, O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 32 649 ta holat aniqlangani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют