» » O‘zbekistondagi diniy konfessiyalar rahbarlari mamlakat aholisini uyda qolishga chaqirdi (video)

O‘zbekistondagi diniy konfessiyalar rahbarlari mamlakat aholisini uyda qolishga chaqirdi (video)


O‘zbekistondagi diniy konfessiyalar rahbarlari mamlakat aholisini karantin qoidalariga amal qilishga va karantin davrida uyda qolishga chaqirdi. Bu haqda “Daryo”ga Din ishlari qo‘mitasi xabar berdi.

Toshkent va O‘zbekiston Yeparxiyasi rahbari Mitropolit Vikentiy provaslav diniga e’tiqod qiluvchilarni Patriarx Kirillning uyda qolish haqidagi chaqirig‘iga quloq tutishga hamda cherkovga borishdan tiyilishga chaqirgan. Uning ma’lum qilishicha, yaqinlashib kelayotgan pasxa bayramini hamma o‘z uyida nishonlaydi. Cherkov jarayoni onlayn tarzda namoyish etiladi.

Rim-katolik cherkovi rahbari Yeji Ma’sulevich bugungi kunda hukumat komissiyasi tomonidan berilayotgan topshiriqlarga to‘la amal qilgan holda niqoblarni taqib yurishni so‘ragan. U barchani uyda qolib, ibodat qilishga chaqirgan. Cherkov rahbarining ma’lum qilishicha, 2020-yilning 12-aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan pasxa bayrami ibodati cherkovda odamlarsiz bajariladi. Bu jarayon onlayn tarzda uyda qolgan holda amalga oshirilishi ta’minlanadi. Bayram kuni internet orqali muloqot amalga oshiriladi.

Arman apostol cherkovi rahbari Aramais Grigoryan mazkur din vakillarini uyda qolishga chaqirib, 12-aprel kuni pasxa bayrami yopiq eshiklar ortida o‘tkazilishini ma’lum qilgan. Jarayonni esa uyda o‘tirgan holda onlayn tarzda kuzatish mumkin bo‘ladi.

Toshkent Yahudiylar diniy jamoasi rahbari Arkadiy Isaxarov joriy qilingan karantin sababli sinagogda barcha bayram tadbirlari vaqtinchalik to‘xtatilganini bildirgan. U karantin qoidalariga barcha tushungan holda amal qilishiga umid bildirgan. Diniy jamoa rahbari har bir oilani bayramlarni o‘z uyida nishonlashga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilgach, hukumat mamlakatdagi diniy idoralarga diniy marosimlar o‘tkazishni vaqtincha cheklash bo‘yicha iltimos bilan murojaat qilgan edi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov musulmonlarga murojaat qilib, mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar juma namozlari o‘rniga uyda peshin namozi o‘qilishini bildirgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston musulmonlari idorasi karantinga doir fatvolarni e’lon qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют