» » Mosulda IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilindi

Mosulda IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilindi


Mosul shahrida raketa zarbasi yordamida IShID terrorchilik tashkiloti boshliqlaridan biri — Abdulla al-Badraniy yo‘q qilindi. Bu haqda 14-aprel, juma kuni Iroq federal politsiyasi boshlig‘i Rayoz Shokir ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Shokirning so‘zlariga ko‘ra, radikallar orasida Abu Ayub al-Attor laqabi bilan tanilgan terrorchi Mosulning g‘arbiy qismidagi Rifai hududida yo‘q qilingan.

Iroq harbiylari va AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning Mosulni ozod qilish bo‘yicha operatsiyasi 2016-yilning oktabrida boshlangan edi. Operatsiya davomida hozirgacha shaharning sharqiy qismi ozod etilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют