» » JSST ma’lumotiga ko‘ra, dunyoga koronavirus bilan kurashda 5,9 million nafar hamshira yetmaydi

JSST ma’lumotiga ko‘ra, dunyoga koronavirus bilan kurashda 5,9 million nafar hamshira yetmaydi


Jahon hamjamiyati koronavirus pandemiyasi sabab tibbiyot personali, jumladan, hashiralar yetishmasligi muammosiga duch keldi. JSSTning “Hamshiralik ishi holati, 2020-yil” nomli hisobotiga ko‘ra, dunyoga 5,9 million nafar hashira yetishmaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyoda hamshiralik xizmatlarida 28 million nafar tibbiyot xodimi mehnat qiladi. 2013–2018-yillar davomida ularning soni 4,7 millionga o‘sgan. Biroq hamshiralar personalining yetishmaslik holati baribir saqlanib turibdi va taxminan 5,9 million nafar xodim yetishmaydi. Ushbu muammo ayniqsa Afrika, Janubi-sharqiy Osiyo va O‘rtayer dengizining sharqiy sohillaridagi JSST hududlarida, shuningdek, Lotin Amerikasining bir qator davlatlarida ancha jiddiy”, – deyiladi JSST, Xalqaro hamshiralar kengashi va “Hamshiralik ishi bugungi kunda” global kompaniyasi birgalikda tayyorlagan hisobotda.

Kadrlar yetishmayotgan mamlakatlar muammoni hal etish uchun yillik bitiruvchilar ko‘rsatkichini o‘rtacha 8 foizgacha ko‘tarishi lozim. Ushbu natijaga erishishga taxminan jonboshiga 10 dollar mablag‘ sarf etiladi.

“Siyosatchilar professional hamshiralarni yetishtirish va mamlakatda saqlab qolishga qancha pul ketishini yaxshi biladi, biroq endi hozirgi sharoitda tibbiyot xodimlarining o‘rni qay darajada ekani barchaga ma’lum bo‘ldi. Hamshiralik ishini rivojlantirishga sarf etilgan har bir dollar jamiyatga, odamlarning, oilalarning salomatligiga xizmat qiladi”, – deydi Xalqaro hamshiralar kengashi raisi Annet Kennedi.

Hisobotda davlatlarning hamshiralar tayyorlash jarayonini tezlashtirishi va ularni ish bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratishi zarurligi qayd etilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 38) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют