» » Hindiston AQShga koronavirusni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini yetkazishni taqiqlasa, Tramp ularga chora ko‘rishini bildirdi

Hindiston AQShga koronavirusni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini yetkazishni taqiqlasa, Tramp ularga chora ko‘rishini bildirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp agar Hindiston koronavirusni davolashda qo‘llaniladigan bezgakka qarshi dori vositasini yetkazib berishdan bosh tortsa, unga qarchi choralar ko‘rishini bildirdi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Bu haqda u Oq uyda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilgan.

Tramp Hindiston bosh vaziri Narendra Modining ushbu preparatning boshqa davlatlarga eksport qilishni to‘xtatish haqidagi qaroriga izoh berar ekan, bunday qaror unga yoqmayotganini va u haqiqatan ham, uning qarori bo‘lib chiqsa, hayron qolishini bildirgan. Uning aytishicha, yaqinda Modi bilan telefonda gaplashgan va u bu haqda hech narsa demagan.

“Menga bu qaror yoqmayapti, bu aynan uning qarori ekanligini eshitmadim. U preparatlarni boshqa davlatlarga yetkazib berishni to‘xtatganidan xabarim bor. Agar AQShga nisbatan ham shunday yo‘l tutsa, hayron qolgan bo‘lardim, chunki Hindistonning AQSh bilan munosabatlari juda yaxshi”, — degan u. Agar shunday qilsa ham, bu normal holat ekanligi, lekin unga javoban, albatta, choralar ko‘rishini ta’kidlagan.

Avvalroq Tramp koronavirusni davolashda bezgakda qo‘llanadigan dorilarni tavsiya qilib, shifokorlarga bosim o‘tkazgani xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, AQShning Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifati bo‘yicha sanitariya nazorati boshqarmasi (Food and Drug Administration — FDA) bezgakka qarshi gidroksixloroxin va xloroxin preparatlaridan koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda foydalanishga favqulodda ruxsat bergandi. Rossiya Federal tibbiy-biologik agentligi (FTBA) ham bezgakni davolashda foydalaniladigan mefloxin dori vositasini koronavirusni davolashda foydalanish mumkinligini ma’lum qilgan.

The Washington Post esa ushbu preparatlar yetarli ravishda sinovdan o‘tkazilmaganini, mutaxassislar uning ko‘plab salbiy ta’sirlaridan ogohlantirayotganini aytib o‘tgan.

Mavzuga doir: Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlar tajribasi. Koronavirusdan bezgakka qarshi dorilar yordamida davolansa bo‘ladimi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют